• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
06.07.2026 42

“Made in Uzbekistan” milliy stendi INNOPROM–2026 xalqaro ko‘rgazmasida faoliyatini boshladi

Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image
Gallery Image

2026-yil 6–9-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida o‘tayotgan “INNOPROM–2026” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida “Made in Uzbekistan” milliy stendi o‘z faoliyatini boshladi. Ekspozitsiya mamlakatimiz sanoat salohiyati, innovatsion ishlanmalari va eksportbop mahsulotlarini xalqaro hamjamiyatga namoyish etmoqda.

Milliy stendda turli tarmoqlardagi korxonalar bilan bir qatorda farmatsevtika sohasining 5 ta yetakchi kompaniyasi ham ishtirok etib, zamonaviy dori vositalari, innovatsion texnologiyalar va ilmiy ishlanmalarini taqdim etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida Tatariston Respublikasi Raisi Rustam Minnixanov farmatsevtika stendi bilan tanishdi. Unga O‘zbekiston farmatsevtika tarmog‘ida so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlari hamda eksport salohiyati haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, tomonlar farmatsevtika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Ko‘rgazma doirasida yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish, eksport shartnomalarini imzolash hamda mahalliy farmatsevtika mahsulotlarining xalqaro bozordagi raqobatbardoshligini yanada oshirishga qaratilgan qator uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

“Made in Uzbekistan” milliy stendi...

2026-yil 6–9-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri...

Ko'proq o'qish

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish