• info@ugp.uz
  • O‘zbekiston Respublikasi,111904, Toshkent viloyati Yuqorichirchiq, Abadiyat ko'chasi, uy 1

So`ngi yangiliklar

News Image
11.08.2025 219

Guoju Medical bilan hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi

Gallery Image
Gallery Image

O‘zbekiston va Xitoyning Guoju Medical kompaniyasi Tyanjindagi yuqori darajadagi uchrashuvdan so‘ng mahalliy ishlab chiqarish, investitsiya va texnologik hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi delegatsiyasi A. Azizov boshchiligida Xitoyning Tyanjin shahrida Guoju Medical Technology Co., Ltd. rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida kompaniyaning ilg‘or laboratoriyalari va ishlab chiqarish quvvatlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, O‘zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni tashkil etish, investitsiya jalb qilish va texnologik hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolab, ikki tomonlama sheriklikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.


Manba uchun havola

Oxirgi yangiliklarni o‘qing

“Made in Uzbekistan” milliy stendi...

2026-yil 6–9-iyul kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri...

Ko'proq o'qish

«Aziya Immunopreparat» korxonasida mavjud muammolar...

Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi mutaxassis...

Ko'proq o'qish

30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni

Aziz yoshlar! Sizlarni 30-iyun — O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bi...

Ko'proq o'qish